“Consult Invest ITIC” xalqaro savdo-investitsiya kompaniyasi Turkiya bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda
2022-yil 26-avgust kuni Consult Invest ITIC va Turkiyaning Rodops Consultancy kompaniyasi vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Rossiya, O‘zbekiston va Turkiyada biznes yuritish va kengaytirish sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va kengaytirishning asosiy masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha Rossiya, Oʻzbekiston va Turkiya tadbirkorlariga oʻzaro manfaatli savdo yoʻlida ishbilarmonlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish, sarmoya va ilgʻor texnologiyalarni jalb etishda koʻmaklashish boʻyicha hamkorlikda ishlashni nazarda tutuvchi oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.